| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi54 marta oʻqildi

Trampning migratsiya vizalari toʻgʻrisidagi qaroridan yirik kompaniyalar norozi boʻldi

Dunyodagi yirik kompaniyasi rahbarlari AQSh hukumatining bir qator toifadagi mehnat vizalarini berishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi ekanliklarini bildirgan.

Trampning migratsiya vizalari toʻgʻrisidagi qaroridan yirik kompaniyalar norozi boʻldi

Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk AQSh hukumatining bir qator toifadagi mehnat vizalarini berishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻldi.

"Bizning muhojir xalqimiz, xuddi Apple singari doimo rang-barangligimizdan quvvat oladi va Amerika orzusiga umid qiladi”, deb yozadi Tim Kuk.

Googleʼning bosh direktori hindistonlik Sundar Pichai oʻz akkauntida Kukni qoʻllab-quvvatlab, muhojirlarni "Amerikaning iqtisodiy muvaffaqiyati va uning dunyo texnologiyalari yetakchisiga aylanishida" qoʻshgan hissasi uchun maqtadi.

Xuddi shunday, Microsoft bosh direktori Bred Smit, Salesforce rahbari Mark Benioff va Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask ham avvalroq bunga munosabat bildirishdi.

22 iyun kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp bir nechta toifadagi vizalarni berishni 2020 yil oxirigacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida buyruqni imzolagan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ