| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi89 marta oʻqildi

"Toshshahartransxizmat" AJ: tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi

17 avgustdan jamoat transportlari oʻz faoliyatini qayta tiklaydi. Yoʻnalishga chiqish oldidan har bir haydovchi va chiptachi tana harorati tibbiy meʼyorda boʻlgan holda, tibbiy niqob va qoʻlqop bilan taʼminlanishi nazoratga olinadi.

"Toshshahartransxizmat" AJ: tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga muvofiq yurtimizda karantin talablari yumshatilishi munosabati bilan koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy sohalar faoliyati qayta tiklanishi belgilandi. Unga koʻra hududlar aro qatnovchi jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati ham joriy yilning 17 avgustidan boshlab qayta yoʻlga qoʻyiladi. Sanitarik va epidemiologik orastalikni saqlash maqsadida transport vositalarini dezinfeksiyalash qatʼiy nazoratga olinadi, deyiladi "Toshshahartransxizmat" AJ xabarida.

Shu oʻrinda yoʻnalishga chiqish oldidan har bir haydovchi va chiptachi tana harorati tibbiy meʼyorda boʻlgan holda, tibbiy niqob va qoʻlqop bilan taʼminlanishi nazoratga olinadi.

Yoʻnalishga chiqish oldidan "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi har bir avtosaroyda har bir avtobus toʻliq dezinfeksiya qinadi. Qolaversa, har bir yoʻnalishdan qaytgan avtobus qayta dezinfeksiyadan oʻtkaziladi.

Eslatma: Sanitariya talablari doirasida yoʻlovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ