| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Toshkentning “tashrif qogʻozi”ga aylanishi kutilayotgan svetoforlarsiz yoʻl qurilishi nihoyalab qoldi

Toshkent shahrining eng katta chorrahalaridan biri boʻlgan Ohangaron va Parkent hamda Maxtumquli va Sharqiy aeroport koʻchalarini bogʻlovchi yangi transport yechimi qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Bu yoʻllarda tirbandlik boʻlmaydi.

Toshkentning “tashrif qogʻozi”ga aylanishi kutilayotgan svetoforlarsiz yoʻl qurilishi nihoyalab qoldi

Toshkentning “tashrif qogʻozi”ga aylanishi kutilayotgan ushbu obʼyekt bitishini koʻpchilik katta qiziqish bilan kutyapti. Qurilishi 2018 yilning may oyida boshlangan mazkur loyiha Oʻzbekistondagi dastlabki uch pogʻonalik transport yechimi hisoblanadi. Yana bir eʼtiborli tomoni shuki, uning atrofida birorta ham svetoforlar boʻlmaydi. Avtomobillar barcha yoʻnalishda toʻxtovsiz harakatni davom ettirishi tufayli tirbandliklarning oldi olinadi.

Xalqasimon yoʻl harakati tashkil etiladi

Ohangaron va Parkent koʻchalari umumiy uzunligi 502 metr boʻlgan tunnel uslubidagi yoʻl oʻtkazgich bilan bogʻlanadi. Tunnelning kengligi 26,7 metr, koʻprik osti balandligi esa 5,5 metrni tashkil etadi. Loyihaning ikkinchi pogʻonasida 2 ta yoʻl oʻtkazgich barpo etilishi bilan umumiy diametri 329,2 metrli xalqasimon yoʻl harakati tashkil etilmoqda. Uchinchi pogʻonasi esa Maxtumquli va Sharqiy aeroport koʻchalarini bogʻlovchi umumiy uzunligi 593 metr, kengligi 26 metr boʻlgan yoʻl oʻtkazgichdir. Uning 411 metri estakada, 182 metri esa tayanch devorli qismdan iborat.

Qurilish ishlari yakuniga yetib qoldi

Mazkur bunyodkorlik ishlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi “Koʻprikqurilish tresti” UK tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib uchala pogʻonada ham beton yotqizish ishlari tugatilgan boʻlib, yer osti va estakada yoʻnalishining ikki tomoniga piyodalar yoʻlaklari qurildi va bordyurlar oʻrnatilib chiqildi. Ayni paytda loyihaning uchinchi pogʻonasidagi piyodalar yuradigan yoʻlaklardagi beton toʻsiqlarga koʻrkam metall konstruktsiyalari oʻrnatilib, asfalt bilan qoplanmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi tarmoqlari ham tortilib, yoritish tizimi uskunalarini oʻrnatishga tayyorgarlik jarayoni boshlab yuborildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ