| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi58 marta oʻqildi

Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

Yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida Gonkong birinchilikda boʻlsa, yashash uchun eng arzon shaharlar roʻyxatiga Toshkent kiritildi.

Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

Mercer konsalting guruhi odatdagidek xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingini eʼlon qildi. Unda uchinchi bor Gonkong yetakchilik qilmoqda.

Eng qimmat shaharlar reytingining keyingi oʻrinlarida Turkmaniston poytaxti Ashxobod (2-oʻrin), Osiyo shaharlaridan Tokio (3-oʻrin), Singapur (5-oʻrin), Shanxay (7-oʻrin), Pekin (10-oʻrin) ham bor.

Yashash uchun eng arzon shaharlar sifatida esa Toshkent, Bishkek, Namibiyadagi Vindxuk shahri hamda Tunis eʼtirof etilgan.

2020 yil mart oyida The Economist Intelligence Unit eʼlon qilgan eng arzon va eng qimmat shaharlar reytingida ham Toshkent roʻyxatning 132-oʻrnida qayd etilib, eng arzon yaʼni, yashash uchun zarur narsalar narxi yuqori boʻlmagan shaharlar oʻntaligida qolgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ