| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi301 marta oʻqildi

Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahriga qadar metro quriladi

Bosh vazir birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov Toshkent viloyatida oʻtkazilgan yigʻilishda Nurafshon shahriga metro qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida aytdi.

Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahriga qadar metro quriladi

Poytaxtdan Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahriga metro qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov Toshkent viloyati hokimligidagi oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Prezidentining Toshkent viloyatiga oʻtgan yil iyun oyida qilgan tashrifida berilgan topshiriqlarning ijrosini borishi, hududni 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Ochilboy Ramatov Prezident tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi yuzasidan hududlar kesimida fikr bildirdi. Viloyatning maʼmuriy markazi – Nurafshon shahrini zamonaviy shaharsozlik andozalariga mos ravishda barpo etishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, sustkashliklar, ularning sabablari yuzasidan oʻz mulohazalarini bayon qildi.

“Yaqin istiqbolda Nurafshon shahriga metro qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, infrastrukturani rivojlantirish masalalari boʻyicha ayni paytda viloyat hokimligi bilan qatʼiy ish olib borayapmiz. Ichimlik suvi, yoʻl qurilishi, kommunikatsiya va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish boʻyicha katta hajmdagi ishlar jadal davom etmoqda”, dedi Ramatov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi boʻlgan “Doʻstlik – Qoʻyliq” uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgani xabar qilingan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ