| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimi joriy etiladi

“Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimi joriy etiladi

16 iyul kuni “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi vazifalaridan biri davlat organlari va tashkilotlaridan maʼlumotlarni tezkor yigʻish va real vaqt rejimida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati monitoring va tahlil qilinishini taʼminlashdan iborat.

Nizomda, shuningdek, geoaxborot tizimi foydalanuvchilarining vazifalari belgilandi.

Jumladan, Toshkent shahar hokimligi geoaxborot tizimiga egalik qiladi, uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi, iqtisodiy tahlil va prognozlash ishlarida keng foydalanadi.

Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish reja-jadvaliga asosan sohalar boʻyicha taqdim etilishi nazarda tutilgan maʼlumotlar belgilandi.

Jumladan, sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha shifoxona oʻrinlarining umumiy soni, boʻsh joylar soni, kasalliklarning turlari va soni, tez yordam avtomashinalarining harakatlanish dislokatsiyasi kabi maʼlumotlar taqdim etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ