Toshkent shahri va ikki viloyat "sariq" hududga kiritildi
"Sariq" toifadagi hududda oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan. Ushbu hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yigʻilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasi: 8 maydan karantin cheklovlari bosqichma bosqich bekor qilinadi
Ikkinchi — "sariq" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud boʻlgan hududlar:
Surxondaryo,
Xorazm viloyatlari,
Toshkent shahri.
"Sariq" hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.
"Sariq" hududlarda, "qizil" hududlarga qoʻshimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:
nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo doʻkonlari, zargarlik va gul sotish doʻkonlari, sartaroshxona va goʻzallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;
avtomashinalar yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xoʻjaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni taʼmirlash ustaxonalari faoliyati;
yoʻnalishsiz taksida maxsus talablar asosida yoʻlovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

