| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Toshkent-Omsk yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

15 fevral kunidan boshlab Toshkent-Omsk yoʻnalishida haftaning seshanba va shanba kunlari avtobus qatnaydi.

Toshkent-Omsk yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Rossiya Federatsiyasiga boruvchi yoʻlovchilari uchun joriy yilning 15 fevral kunidan Toshkent-Omsk yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur yoʻnalishda “Uzautotrans Service” korxonasi oʻzining zamonaviy avtobuslarida xizmat koʻrsatadi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar oʻrtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib oʻtadi.

Ushbu yoʻnalish boʻylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha chipta narxi 450 000 soʻm etib belgilangan.

“Uzautotrans service” korxonasi tomonidan yoʻlovchilarga yuqori darajada servis xizmatini koʻrsatish va tashuvlar xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Yoʻnalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik koʻrikdan haydovchilar esa tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Yoʻlovchi tashish faoliyati sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ