Toshkent davlat stomatologiya institutida MDH davlatlari orasida ilk marotaba virtual stomatologiya yoʻnalishida musoboqa boʻlib oʻtdi
Mazkur musobaqa innovatsion 3D – simulyatorlarda oʻtkazib, dunyoning nufuzli OTM talabalari ishtirok etishdi.

2020 yil 26-27 noyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida xalqaro tibbiyot yoʻnalishlari boʻyicha olimpiada – «XXI asrda Buyuk ipak yoʻli tibbiyoti: zamonaviy rivojlanish vektorlari» xalqaro onlayn olimpiadasi oʻtkazildi. Bu haqda Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu olimpiadada Fransiya, Koreya, Angliya, Yaponiya, Ispaniya, Chexiya, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻizston, Ozarbaydjon, Ukraina davlatlarining 42 ta tibbiy oliy taʼlim muassasalarining davolash, stomatologiya, pediatriya va tibbiy – pedagogik taʼlim yoʻnalishlarining 250 ortiq talabasi ishtirok etdi.
Olimpiada musobaqalari OTM videotaqdimotlari, ilmiy-amaliy konferensiya, ijodiy konkurs, stomatologiya va davolash ishi, fundamental fanlar va virtual tibbiyot yoʻnalishlarini oʻz ichiga oldi.
Mutaxassisliklar boʻyicha tanlovlar quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkazildi:
Stomatologiya yoʻnalishida: ortopedik stomatologiya, jarrohlik stomatologiyasi, bolalar terapevtik stomatologiyasi va ortodontiya.
Davolash ishi yoʻnalishida: ichki kasalliklar, umumiy jarrohlik, otoloringologiya, dermatovenerologiya, oftalmologiya, asab kasalliklari yoʻnalishlarida kurash olib borildi.
Fundamental fanlardan: normal fiziologiya, topografik anatomiya, mikrobiologiya, gistologiya, kimyo, lotin tili fanlaridan oʻz bilimlarni sinab koʻrishdi.
MDH davlatlari orasida ilk marotaba virtual stomatologiya yoʻnalishida musoboqalar tashkil etildi. Mazkur musobaqalar innovatsion 3D – simulyatorlarda oʻtkazib, dunyoning nufuzli OTM talabalari ishtirok etishdi. Xususan, Fransiyaning Lotaringiya universiteti, Angliyaning Sheyflid universiteti, Ispaniyaning Adema universiteti.
Maʼlumot oʻrnida: Toshkent davlat stomatologiya instituti Oʻzbekiston Respublikasi OTM orasida 10 oʻrinni, tibbiyot OTM orasida nufuzli 2 oʻrinni egallagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

