Toʻqimachilik sanoati chekka hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yechishda muhim soha
Oʻzbekistonga soʻngi yillarda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, AQSH, Rossiya, Turkiya, Koreya, Singapur, Hindiston kabi davlatlar jalb qilingan investitsiyalar miqdori 3.2 mlrd.dollardan oshdi.

Joriy yilning 12 iyun kuni Milliy matbuot markazida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda Toʻqimachilik sanoatida qoʻshilgan qiymat zanjiri va pandemiyadan soʻng sanoatning rivojlanish istiqbollari masalalari koʻrib chiqildi.
Anjumanda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov sanoatning soʻngi yillardagi oʻsish tempi va ishlab chiqarish koʻrsatgichlariga eʼtibor qaratib, toʻqimachilik sanoati keyingi yillarda mamlakatimizning eng salohiyatli sanoatiga aylanishiga ishonch bildirdi.
Misol uchun, 2016-2020 yillar mobaynida ip kalava ishlab chiqarish 1,7 barobarga, ip-gazlama 2 barobarga, trikotaj mato 1,8 barobarga, tayyor tikuv mahsulotlari 2,7 barobarga va paypoq mahsulotlari 5,4 barobarga oʻsganini koʻrishimiz mumkin.
№ | Mahsulot turi | Oʻlchov birligi | 2016y. | 2020y. |
1.1. | Ip kalava | Tonna | 348,6 | 590,0 |
1.2. | Ip gazlama | mln.kv.m. | 198,7 | 394,2 |
1.3. | Trikotaj mato | tonna | 62,8 | 117,0 |
1.4. | Tayyor tikuv mahsulotlari | mln. dona | 219,4 | 596,0 |
1.5. | Paypoq mahsulotlari | mln. juft | 46,1 | 250,0 |
Shunisi eʼtiborga molikki, respublikada yetishtirlgan paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalar quvvatlari 2010 yilda 270 ming tonnani, yaʼni atiga 27% tashkil etgan boʻlib, 2017-2019 yillarda mahalliy toʻqimachilik korxonalarni zamonaviy texnologik uskunalar bilan qayta jihozlanishi va raqamlashtirishni keng qoʻllanishi oqibatida paxtani qayti ishlash 920 ming tonna yetkazilib, 2010 yilga nisbatan 3,2 barobarga - yaʼni 80% tashkil etdi. 2020 yilning 1-yarim yilligida quvvatlar 1030 ming tonnaga yetkazilib, mamlakatda yetishtirilayotgan paxta tolasini 100% qayta ishlash imkoniyati yaratildi.
Ishlab chiqarishni chuqurlashtirish va qoʻshimcha yuqori qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni jadallashtirish oqibatida mahsulot eksport hajmi 2016 yildagi 1,1 mlrd dollardan 2019 yilda 2,2 mlrd.dollarga yetkazildi va eksportdagi qushilgan va yuqori qushilgan qiymatga ega mahsulotlarning ulushini 45% dan ortdi va 2 barobarga oshirilishiga erishildi.
Toʻqimachilik sanoati chekka-chekka xududlarda iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yechishda muhim soha hisoblanib, xorijiy investorlar uchun eng jozibador sanoatidir. Mamlakatimizda 2017-2019 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida jami 184 ta yangi loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida 33 000 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Soʻngi yillarda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, AQSH, Rossiya, Turkiya, Koreya, Singapur, Hindiston kabi davlatlar jalb qilingan investitsiyalar miqdori 3.2 mlrd.dollardan oshdi.
Loyihalar soni | soni | 184,0 |
Ishga tushgan loyihalar | soni | 184,0 |
Oʻzlashtirilgan investitsiya loyihalari | mln.doll. | 1 643,7 |
Shuningdek, xorijiy investitsiya | mln.doll. | 315,8 |
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

