Tojikistondagi zilzila Oʻzbekiston hududida ham sezildi
Tojikistonda yuz bergan zilzila Oʻzbekistonning 8 ta viloyatida ham sezilgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:30 da (16.06.2020 yil, Grinvich boʻyicha 01:30 da) Tojikistonda zilzila sodir boʻldi.
Zilzila koordinatalari: 37,85 gradus shimoliy kenglik; 72,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 112 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 457 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha.
Zilzila Oʻzbekiston hududida:
Toshkent: 457 km, 2 ball.
Namangan: 353 km, 3 ball.
Andijon: 326 km, 3 ball.
Fargʻona: 284 km, 3 ball.
Guliston: 414 km, 3 ball.
Jizzax: 452 km, 2 ball.
Samarqand: 495 km, 2 ball.
Buxoro: 705 km, 2 ball.
Termiz: 438 km, 2 ball.
Qarshi: 568 km, 2 ball.
Navoiy: 638 km, 2 ball.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

