| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi159 marta oʻqildi

The Telegraph yer yuzidagi eng sarguzashtbop joylarni eʼlon qildi

Buyuk Britaniyada nashr etiladigan The Telegraph gazetasi sarguzasht istovchi sayyohlarga borish tavsiya etiladigan 50ta turistik yoʻnalish roʻyxatini tuzib chiqdi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasidan Oʻzbekiston joy olgan.

Nashr mutaxassislari Oʻzbekistonga Navroʻz bayrami kunlari kelishni maslahat bergan.

«Oʻzbekiston jadal taraqqiyot davrini boshdan kechiryapti. Joanna Lamlining mualliflik dasturi va yaqinda viza talablarining soddalashtirilgani hisobiga mamlakatga tashrif buyuruvchilar soni keskin oshib ketdi. Shu boisdan ham Lamlining televizion sayohat dasturi – «Ipak yoʻli sarguzashtlari» ekspertlari Navroʻz bayramidagi Oʻzbekistonni ilk marta koʻrsatib berdilar. Bu bahoriy festival turistlarga oʻzbeklar hayoti haqida chuqur tasavvur beradi.

Navroʻz turnesi Xiva, Buxoro va Samaqand kabi hayratomuz joylarni oʻz ichiga oladi. Sayohat davomida shu yerlik oilalar bilan tushlik qilish, elit toifa restoranlarda ovqat tanovul qilish, anʼanaviy yogʻoch oʻymakorligi va kulolchilik ustalari hamda zamonaviy dizaynerlar ishini kuzatish, soʻyilgan echki bilan ot ustida oʻynaladigan shiddatli oʻyin – koʻpkarini tomosha qilish ham mumkin», – deyiladi maqolada.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ