| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi56 marta oʻqildi

TDIU talabalariga bank xodimlari dars oʻtishi taklifi bildirildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazilgan uchrashuvda Markaziy bank Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Mirxodjayev Ulugʻbek TDIUda dars mashgʻulotlarini bank xodimlari oʻtishini taklif qildi.

TDIU talabalariga bank xodimlari dars oʻtishi taklifi bildirildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari, Markaziy bank hamda aksiyadorlik tijorat banklarining kadrlar bilan ishlash boʻyicha boshliqlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaziy bank Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Mirxodjayev Ulugʻbek TDIUda dars mashgʻulotlarini sohadagi bugungi islohotlar jarayoniga monandligini taʼminlash maqsadida banklarda faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislarni jalb etishni taklif qildi.

Maʼlumot uchun, soʻngi oʻquv yilida TDIUning “Bank ishi” taʼlim yoʻnalishini tamomlagan bitiruvchilarning 67 foizi, ayni mutaxassislikda magistraturani bitirganlarning 83 foizi bank tizimida mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ