| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi83 marta oʻqildi

Tanzila Narbayeva: Oʻzbekistonda 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini ehtiyojmand

Oʻzbekistondagi ehtiyojmand xonadonlarni kambagʻalikdan chiqarish choralari koʻrilmoqda. 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

Tanzila Narbayeva: Oʻzbekistonda 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini ehtiyojmand

Respublika boʻyicha 7 milliondan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foiz) ehtiyojmand xonadon hisoblanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva parlament yuqori palatasining beshinchi yalpi majlisida aytib oʻtdi.

«Pandemiya sababli mamlakatimiz iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganligiga qaramasdan, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi. Kam taʼminlangan ehtiyojmand aholi roʻyxati shakllantirilib, ularni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda», - dedi Tanzila Narbayeva.

Maʼlum qilinishicha, mamlakat boʻyicha 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foiz) ehtiyojmand xonadon hisoblanadi. Ushbu xonadonlarning roʻyxatlari mahalliy kengashlarning qarorlari bilan tasdiqlangan.

Shuningdek, yalpi majlisi davomida tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishi va tadbirkorlik faoliyatini keng tarzda qoʻllab-quvvatlanishi natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subʼyekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar berilgani taʼkidlanib oʻtildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ