| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat2 daqiqada oʻqiladi

“Startap tashabbuslari” qoʻllab-quvvatlash dasturining beshinchi davri yangi formatda ishga tushmoqda

Raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yilida pandemiya tufayli “Startap tashabbuslari” qoʻllab-quvvatlash dasturi birinchi marta toʻliq onlayn tarzda oʻtkaziladi.

“Startap tashabbuslari” qoʻllab-quvvatlash dasturining beshinchi davri yangi formatda ishga tushmoqda

Davom etayotgan pandemiya odamlar va tashkilotlar hayotining barcha sohalariga taʼsir etib, oʻzgarishlarni tezlashtirish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish zarurligini koʻrsatmoqda. Pandemiya davrida odamlar hayotida, odatlari va istaklarida misli koʻrilmagan oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Bu oʻz navbatida boshqa sohalarga taʼsir koʻrsatmoqda. Pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun bizning taklifimiz - Startup tashabbuslari.

Texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni rivojlantirishda startaplar hayotiy muhim rol oʻynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida innovatsion tadbirkorlik (startaplar) haqli ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yilida pandemiya tufayli “Startap tashabbuslari” qoʻllab-quvvatlash dasturi birinchi marta toʻliq onlayn tarzda oʻtkaziladi. Ushbu format barcha ishtirok etuvchi jamoalar uchun ajoyib amaliyot va raqamlashtirish sari amaliy qadamdir.

Pandemiya jiddiy taʼsir koʻrsatadigan sohalardan biri bu bandlik sohasi boʻlib, hozirgi iqtisodiy munosabatlar qayta shakllanayotgan bir paytda iqtisodiyot tiklanishi bilan baʼzi ish oʻrinlari yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Shu sababli bu yil "Startap tashabbuslari" dasturi yangi iqtisodiy voqeliklar va biznesning transformatsiyasi uchun fan, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali bilim almashishadigan, mutaxassislar va texnologik loyihalar tayyorlaydigan maydoniga aylanadi.

Pandemiya davrida oʻzgarayotgan muhit va isteʼmolchilarning ixtiyorlari, korxona va tashkilotlarning biznes jarayonlari va infratuzilmasida jiddiy talablar qoʻymoqda. Ular oʻz faoliyatlarini saqlab qolish uchun xarajatlarni yanada kamaytirishga va yangi ish usullarini izlashga majbur qilmoqda. Yangi texnologiyalar va ishlanmalarga talabni oʻrganish shaklida aks aloqa oʻrnatish orqali dastur korxona va tashkilotlarga xarajatlarni kamaytirishga, asosiy biznes jarayonlarini raqamlashtirishga va muammolarni hal qilish uchun iqtidorlarni kashf qilishga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilda dastur oʻz ishini Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning barcha hududlarida tashkil etadi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, "Yoshlar-kelajagimiz" jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dasturiy taʼminot va axborot texnologiyalari texnoparki (IT-park) hamda ularning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Respublikaning barcha hududlaridan eng istiqbolli 40 ta loyiha jamoalari (har bir viloyatdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyiha) yakuniy taqdimotlar natijasiga koʻra oʻz startaplarini amalga oshirish uchun 50 million soʻmgacha maqsadli grantlar bilan taqdirlanadi. Bu grantlar "Yoshlar-kelajagimiz" jamgʻarmasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yaponiya hukumati moliyaviy koʻmagi asosida ajratiladi.

Qoʻllab-quvvatlash dasturi, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotni www.startupinitiatives.uz sahifasidan olishingiz mumkin. Arizalar 2020 yilning 16 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, “Startap tashabbuslari” qoʻllab-quvvatlash dasturi 5 yildan beri faoliyat yuritib, bu yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari vazirligining "Oʻzbekistonda yoshlar bandligiga koʻmaklashish" qoʻshma loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy koʻmagi asosida amalga oshirilmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: 90 317 39 59, Usmon Raximjanov, “Oʻzbekistonda yoshlarning bandligiga koʻmaklashish” loyihasi, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yoʻnalishi menejeri.

Qoʻllab-quvvatlash dasturi haqida batafsil maʼlumot uchun: http://startupinitiatives.uz/

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ