| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi204 marta oʻqildi

SSV tizimidagi ayrim xizmatlar autsorsingga oʻtkaziladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori qabul qilindi.

SSV tizimidagi ayrim xizmatlar autsorsingga oʻtkaziladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori (16-son, 10.01.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, SSV tuzilmasidagi tashkilotlarda quyidagi xizmatlar autsorsingga oʻtkaziladi:

Notibbiy xizmat turlari:

  • mijozlarni ovqat bilan taʼminlash;

  • kir yuvish xizmati;

  • bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash.

Tibbiy xizmat turlari:

  • tibbiy buyumlarni zararsizlantirish.

Mazkur roʻyxatda keltirilmagan xizmatlar autsorserga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida SSV bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, autsorsing xizmatlariga (mijozni ovqat bilan taʼminlash xizmatidan tashqari) haq toʻlash miqdorlari SSV tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga autsoserning xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ