| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi217 marta oʻqildi

Soʻx tumani uchun 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratiladi

Fargʻona viloyatining Soʻx tumani uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha davlat granti asosidagi 500 ta oʻrin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

Soʻx tumani uchun 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratiladi

“2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Fargʻona viloyatining Soʻx tumani uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha davlat granti asosidagi 500 ta oʻrin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

OTMlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

2020 yil 20 iyunga qadar sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, veterinariya sohalarida oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimoti, shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlarining taʼlim tillariga qarab taqsimoti tasdiqlanadi.

Qarorga muvofiq, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqqan holda bitiruvchilarga asosiy hamda qoʻshimcha kvalifikatsiya berish tartibi ishlab chiqiladi.

“Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati 3 yil boʻlgan taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “130 000 – Matematika” taʼlim sohasi boʻyicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida shakllantiriladi.

2020/2021 oʻquv yilida davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilingan shaxslarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ