| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi269 marta oʻqildi

SOVID-19 ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash boʻyicha ogohlantiruvchi “Self-Safety” mobil ilovasi yaratildi

Ilova undan qancha koʻp odam foydalansa, uydan tashqarida ushbu ilovani faollashtirsa, shuncha sifatli va yaxshi ishlaydi.

SOVID-19 ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash boʻyicha ogohlantiruvchi “Self-Safety” mobil ilovasi yaratildi

Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamkorligida fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash boʻyicha ogohlantiruvchi “Self-Safety” mobil ilovasi yaratildi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

COVID-19 dan saqlanishda mobil ilovalardan foydalanish samaradorligi Janubiy Koreya, Singapur, Isroil, Italiya, Fransiya kabi koʻplab davlatlar tajribasida isbotlandi. Bu turdagi ilovalar jamoat joylarida sizning xotirjamligingizni taʼminlaydi, yaqin kishilaringizni kasallik yuqtirib olish ehtimoli paydo boʻlganda ogohlantiradi.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda boʻlgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma koʻrinishida kasal bilan aloqada boʻlganlik ehtimoli toʻgʻrisida va keyingi xatti-harakatlar boʻyicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud boʻlib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Roʻyxatdan oʻtishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qoʻyish lozim.

Ilova undan qancha koʻp odam foydalansa, uydan tashqarida ushbu ilovani faollashtirsa, shuncha sifatli va yaxshi ishlaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ