Soliq organlari tomonidan 7 483 ta subʼyektlarning bank operatsiyalari sud qarorlarisiz 10 kundan koʻp muddatga toʻxtatib qoʻyilgan
Soliq kodeksining 111-moddasi birinchi qismini toʻldirish taklif etilmoqda. Xususan, 111-moddaning birinchi qismida soliq organi qarori bilan bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari toʻxtatilgan subʼyektlarning operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʻxtatib turilishi belgilangan.

Hisob palatasi xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 111-moddasida "soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga, oʻn kundan koʻp muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkinligi belgilangan.
Biroq, oʻrganishlarda 2020 yilning 24 sentyabr holatiga soliq organlari tomonidan 7 483 ta subʼyektlarning bank operatsiyalari sud qarorlarisiz 10 kundan koʻp muddatga toʻxtatib qoʻyilganligi aniqlangan.
Tadbirkorlik subʼyektlarining bank operatsiyalarini toʻxtatish muddati 10 kundan koʻp boʻlgan hollarda sud qarori mavjud boʻlmasa, banklar tomonidan soliq organining qarorlarini bajarishni davom ettirish yoki bekor qilish tartibi Soliq kodeksining 113-moddasida aniq belgilanmagan.
Xususan, 111-moddaning birinchi qismida soliq organi qarori bilan bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari toʻxtatilgan subʼyektlarning operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʻxtatib turilishi belgilangan.
Biroq, soliq organi oʻn kunlik muddat tugagunga qadar sudga iltimosnoma bilan murojaat etmagan holatlarda, bankning operatsiyalarini toʻxtatib turish jarayonini davom ettirish yoki bekor qilish tartibi yoritilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Soliq kodeksining 111-moddasi birinchi qismini quyidagi xatboshi bilan toʻldirish taklif etiladi:
– Agar soliq organi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun muddatda sudga iltimosnoma bilan murojaat etmagan va bu haqda tijorat banki xabardor qilinmagan taqdirda, soliq toʻlovchining hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilmagan deb hisoblanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

