| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi258 marta oʻqildi

Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusdan davolanayotgan bemorlar qaysi hududlardan ekanligi haqida maʼlumot berdi

Toshkent shahridan 73 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. Qolgan bemorlar boshqa hududlardan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusdan davolanayotgan bemorlar qaysi hududlardan ekanligi haqida maʼlumot berdi

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati koronavirusga chalinganlar qaysi hududlardan ekanligi haqida axborot berdi.

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etmoqda. Ularga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, xalqaro standartlar boʻyicha tezkor va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda. Shuningdek, bemorlar bilan yaqin muloqot qilgan fuqarolar ham zudlik bilan aniqlanib, ular salomatligi ustidan 14 kunlik statsionar karantin kuzatuvi ham oʻrnatilgan. Bemorlarning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar boʻlsa, shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning aksariyati poytaxtimizda muolaja olishmoqda va ular orasida yurtimizning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolarimiz ham bor.

Jumladan, hozirda Toshkent shahrida yurtimiz boʻyicha eng koʻp bemor, yaʼni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida jami davolanayotgan 92 nafar bemordan 7 nafari sogʻaygan boʻlsa, 1 nafari vafot etgan.

Hududlar kesimi boʻyicha:

  • Toshkent shahridan 73,

  • Buxorodan 2,

  • Qashqadaryodan 2,

  • Navoiydan 2, Samarqanddan 7,

  • Sirdaryodan 1

  • Toshkent viloyatidan 5 nafar bemor poytaxtimizdagi ushbu tibbiyot muassasasida davolanmoqda.

Qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) mamlakatimizning turli hududlaridagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ