| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi628 marta oʻqildi

Sirdaryoda uy-joyiga ziyon yetgan aholi uchun koʻp qavatli uylar quriladi

Sardoba suv ombori toʻgʻoni oʻpirilishi oqibatida suv bosgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 2020−2021 yillar davomida 50 ta koʻp qavatli uy-joylar quriladi.

Sirdaryoda uy-joyiga ziyon yetgan aholi uchun koʻp qavatli uylar quriladi

Prezidentning Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba suv ombori» toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishda:

  • Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba suv ombori» toʻgʻonidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi tashkil etilishi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda yuz bergan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga dastlab 100 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratishi;

  • Favqulodda hodisa natijasida uy-joylariga jiddiy ziyon yetkazilgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida 2020-2021 yillar davomida 50 ta koʻp qavatli uy-joylar qurilishi belgilandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ