Sirdaryoda 7721 ta oila «Temir daftar» roʻyxatiga kiritildi
Prezident Xalq qabulxonalari mablagʻlarning oʻz egalariga yetib borishi nazoratga olishgan. «Temir daftar» kiritilgan 731 ta oilaning 2731 nafardan iborat aʼzolariga ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatilishi bevosita joylarga chiqib monitoring qilindi.

Sirdaryo viloyati tuman va shahar hokimliklari, sektor rahbarlari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida viloyat hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamidan 7721 ta oilaning 30507 nafardan iborat aʼzolari yangidan shakllantirilgan «Temir daftar» roʻyxatiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatdagi Xalq qabulxonalari tomonidan yangi shakllantirilgan «Temir daftar» roʻyxatiga kiritilgan har bir oilaning haqiqiy ahvolini oʻrganish orqali roʻyxatga asosli kiritilganligi holatlari hamda tarqatilayotgan pul mablagʻlarining oʻz egalariga toʻliq va oʻz vaqtida yetib borilishi kunlik oʻrganib borilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Guliston tumanidagi Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan yangi shakllantirilgan «Temir daftar» kiritilgan 731 ta oilaning 2731 nafardan iborat aʼzolariga ajratilgan 600 mln 820 ming soʻmlik bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatilishi bevosita joylarga chiqib monitoring qilindi.
Xususan, tuman hududidagi «Yulduz» va «Soyibobod» mahallalarida moddiy yordam pullarini oʻz egalariga toʻliq va oʻz vaqtida tarqatilishi oʻrganib chiqildi. Ajratilayotgan bir marotabalik moddiy yordam pullarini olayotgan fuqarolar tomonidan berilayotgan bir martalik moddiy yordam pullari uchun oʻz samimiy minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.

Bu kabi ishlar viloyatning barcha hududlarida olib borilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

