Sirdaryoda Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi 1,5 GVt quvvatga ega boʻlgan yangi IES quradi
Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi. Kompaniya qurilish uchun tanlangan maydonda tuproqni oʻrganishni boshladi.

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida qiymati 1 mlrd dollarga teng boʻlgan 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurilishini boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Jumladan, kompaniya qurilishni boshlashga kirishishdan avval tuproqni oʻrganish ishlarini boshlandi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bugʻ-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori boʻladi.
Loyihaga koʻra, yangi IESda umumiy quvvati 1250−1500 MVtga teng boʻladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali boʻlgan ikkita bugʻ-gaz qurilmasi oʻrnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar koʻp elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori boʻgan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega boʻlgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.
Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy investitsiyalar hisobidan toʻliq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.
Qayd etish kerak, mazkur investitsiya loyihasi muhokamasi Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yil 7 fevralida Saudiya Arabistoni energetika vaziri oʻrinbosari Abid bin Abdulla as-Saʼdun boshchiligidagi delegatsiyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegatsiya tarkibidan ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi.
Avvalroq Energetika vazirligi ACWA Power kompaniyasini Navoiy viloyatida davlat-xususiy shekrikchilik asosida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga jalb etish rejalashtirayotganini maʼlum qilgan edi. Elektr stansiyasini 2022 yilda foydalanishga topshirish belgilangan. Hozirda uning qurilishi uchun maqbul maydonchani aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

