Sherzod Shermatov: Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi
Yakuniy imtihonlar bekor qilinishida koʻpchilik ota-onalarning iltimoslari inobatga olingan.

Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qoʻshimcha qulaylik yaratish boʻyicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda koʻpchilik ota-onalarning iltimoslari inobatga olinib, bu oʻquv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov maʼlum qildi.
"Maktablarga oʻquvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy oʻquv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi", dedi vazir.
Shu bilan birgalikda kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan oʻqigan oʻquvchilarimizga ragʻbatlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

