Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi yaratiladi
Hukumat qarori bilan Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrini yuritish boʻyicha axborot tizimi yaratilib, Internet tarmogʻida ishga tushiriladi.
Bu haqda Hukumat qarori bilan Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Shaxsga doir maʼlumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, shaxsga doir maʼlumotlar bazalari mulkdor (ushbu maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs) va (yoki) operator (ushbu maʼlumotlarga ishlov beruvchi) tomonidan davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim (istisno holatlar mavjud).
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasini davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, avval kiritilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritish hamda davlat reyestridan chiqarishda toʻlov undirilmaydi.
Davlat personallashtirish markazi davlat reyestrini shakllantiradi, yuritadi va undagi axborotning yaxlitligini taʼminlaydi.
Davlat reyestri maʼlumotlari jismoniy va yuridik shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

