Shanba va yakshanba kunlari kimlar avtomashinada harakatlanishi mumkin?
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, shu jumladan, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatiladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shanba va yakshanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomashinalarga harakatlanish uchun ruxsat beriladi:
maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor mashinalar;
maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yurish huquqiga ega boʻlgan avtomashnalar.
Ularning toʻliq roʻyxati mana bu yerda.
Eslatib oʻtamiz, 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:
aholiga – «oʻzini oʻzi yakkalash» hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda oʻz uylarida qolish;
davlat organlari va muassasalari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga – xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

