| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi114 marta oʻqildi

Senatorlar Toshkentdagi dehqon bozorlaridagi narx-navoni borib tekshirdi

30 mart kuni Oliy Majlis Senati aʼzolaridan iborat Ishchi guruh poytaxtning Mirobod, Yunusobod va Oloy dehqon bozorlarini koʻzdan kechirishgan.

Senatorlar Toshkentdagi dehqon bozorlaridagi narx-navoni borib tekshirdi

Senatorlar poytaxtdagi yirik dehqon bozorlarida boʻlishib, narx-navo hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlanganlik darajasini tekshirdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabar qildi.

30 mart kuni Oliy Majlis Senati aʼzolaridan iborat Ishchi guruh poytaxtning Mirobod, Yunusobod va Oloy dehqon bozorlarini koʻzdan kechirishgan. Bozorlardagi narx-navolar esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning asossiz ekanligini tasdiqlagan.

"Dehqon bozorlari maʼmuriyatlari tomonidan xaridorlar orasida masofa saqlanishi, odamlarning bir-biriga yaqin turmasligiga eʼtibor berilib, ijtimoiy masofa borasida tushuntirish olib borilmoqda, tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bozorlarning kirish qismida esa xaridorlar uchun mazkur oʻrnatilgan maxsus dezinfeksiya uskunalari oʻrnatilgan", deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ