“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faollik koʻrsatmoqda
Samarqand davlat universiteti jamoasi aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar evaziga ishlab topilgan mablagʻlar hisobidan Samarqand shahridagi yigirmadan ziyod mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatida Samarqand davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Universitet tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar evaziga ishlab topilgan mablagʻlar hisobidan Samarqand shahridagi yigirmadan ziyod mahallalarda istiqomat qiluvchi oʻnlab kam taʼminlangan, betob boʻlib yotib qolgan, qarovchisini yoʻqotgan oilalarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Mehr-muruvvat tadbiri shahardagi Maqsud Shayxzoda nomidagi, Ziyokorlar, Orzu, Nurli yoʻl, Baraka, Oltin Asr, Temiryoʻlchi, Tutzor, Farobiy nomidagi, Rahmatobod, Ali Qushchi nomidagi, Adolat, Beruniy nomidagi, Mevazor singari MFY lari hududlarida yashovchi iqtisodiy nochor, moddiy yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Bunday oilalarning har biriga pul mablagʻi hamda zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlangan qutilar tarqatildi.
Bu ishlar bugungi kun talabiga qatʼiy rioya qilingan holda, sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda.
Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining bir guruh faollari va yetakchilari esa viloyatning Oqdaryo tumanidagi ijtimoiy koʻmakka muhtoj, boquvchisi nogiron boʻlgan, boquvchisi yoʻq 15 nafar oila ahvolidan xabar olib, roʻzgʻorlari uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatishdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

