| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi135 marta oʻqildi

«Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasiga shu kunga qadar qancha pul tushgani maʼlum qilindi

Xayriya mablagʻlari pandemiya davrida hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan tabiiy ofat oqibatida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

«Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasiga shu kunga qadar qancha pul tushgani maʼlum qilindi

16 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshida tashkil etilgan shtabda brifing tashkil qilindi.

Unda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva soʻzga chiqib, «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasiga homiylar va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasiga shu kunga qadar 194 milliard 625 million soʻm mablagʻ kelib tushgan. Hozirgi kunga qadar mazkur mablagʻlarning 118 milliard 995 million soʻmi 300 ming 383 ta oilaga berilgan.

Ushbu xayriya mablagʻlari pandemiya davrida hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan tabiiy ofat oqibatida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirildi. Jumladan:

- 2 ming 822 ta oilaga 399 million 531 ming soʻmlik dori, himoya niqoblari, antiseptik vositalar uchun;

- 24 ming 619 ta oilaga 9 milliard 626 million soʻmlik boshqa turdagi mahsulotlar uchun;

- 67 ming 296 ta oilaga 71 milliard 110 million soʻm miqdorida naqd pul koʻrinishda mablagʻlar berildi.

«USM Holdings» asoschisi Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan 5 million AQSh dollari miqdoridagi xayriya mablagʻi ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga berilgan.

Ushbu mablagʻlar Andijon, Namangan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan shakllantirilgan 19 ming 9 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning plastik kartochkalariga 2 million 500 ming soʻmdan oʻtkazib berilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ