| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 240 marta oʻqildi

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari tashkil etildi

Jamgʻarma mablagʻlari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp farzandli oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz qariyalarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz boʻlgan jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari, kundalik isteʼmol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlash uchun ishlatiladi.

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari tashkil etildi

Hukumat farmoyishi bilan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etildi.

Mazkur farmoyish bilan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Jamgʻarma va uning boʻlinmalari “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda uning hududiy boʻlinmalari huzurida ochilib, ular yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Jamgʻarma mablagʻlari homiylik va xayriya mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

Jamgʻarma mablagʻlari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp farzandli oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz qariyalarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz boʻlgan jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari, kundalik isteʼmol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlash uchun ishlatiladi.

Jamgʻarma va uning boʻlinmalariga mablagʻlarning kelib tushishi va ulardan foydalanilishi boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ