"Sariq" va "Yashil" toifaga kiritilgan hududlarda 22 maydan boshlab nimalarga ruxsat beriladi?
Ruxsat berilgan maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan koʻp boʻlib toʻplanishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22 mayidan boshlab:
ochiq sayilgoh,
muzey,
sanʼat galereyalari
faoliyatini yoʻlga qoʻyishga Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq:
“Sariq“ va “Yashil“ toifaga kiritilgan hududlarda ruxsat beriladi.
Oʻyingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.
Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi toʻlqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarni tana haroratlarini oʻlchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida boʻlishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.
Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan koʻp boʻlib toʻplanishlarini oldini olish boʻyicha mazkur sayilgoh, koʻngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

