| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi156 marta oʻqildi

Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot yetishtirish koʻpaytiriladi

Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi.

Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot yetishtirish koʻpaytiriladi

“Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga (Uyushma) har yili 1 iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi berildi.

Avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi.

Qaror bilan 2021-2022 yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirish hajmlari tasdiqlandi.

Shunga koʻra, belgilangan yillarda respublika boʻyicha quyidagi hajmda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirish nazarda tutilgan:

fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida:
▪️ 2021 yilda 1 728 553 tonna;
▪️ 2022 yilda 1 846 924 tonna.

dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa maydonlarida:
▪️ 2021 yilda jami 2 286 732 tonna;
▪️ 2022 yilda 2 413 855 tonna.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ