| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Sardobadagi toshqindan talafot koʻrgan aholi va tadbirkorlikning banklardan qarzi 6 oygacha uzaytirildi

13 may kuni AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlariga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi.

Sardobadagi toshqindan talafot koʻrgan aholi va tadbirkorlikning banklardan qarzi 6 oygacha uzaytirildi

Bugungi kunga qadar «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokatda yoʻqotilgan jami 1349 nafar fuqaroning biometrik pasporti tiklandi. Qayta oʻrganish natijasida 1116 nafar fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda 13 may kuni AOKA huzuridagi shtabda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ishtirokida «Sardoba» suv ombori bilan yuz bergan falokat tafsilotlariga bagʻishlangan navbatdagi brifingda aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, 818ta tugʻilganlik va 12ta oʻlim haqidagi, 291ta nikoh guvohnomalari tiklandi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi uchun 66 ta 5 qavatli uy qurib beriladi

Toshqindan talafot koʻrgan 13 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subʼyektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. soʻmining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi.

Jami 5,549 pensionerning 3,9 mlrd. soʻmlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida toʻliq yetkazib berildi.

Toshqindan talofat koʻrgan 541 uyda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.

Hududlarni aloqa va internet xizmatlari bilan taʼminlash ishlariga 100 ortiq soha, 200 nafarga yaqin harbiy aloqa mutaxassislari va 15ta maxsus texnika jalb qilingan.

Elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar sababli uzilgan 44ta mobil aloqa baza stansiya faollashtirildi. Suv ostida qolgan 12ta, jami 56ta (97 foiz) mobil baza stansiyaning faoliyati qayta tiklandi.

Eʼtiborlisi, uzilishlar yuzaga kelgan hududlarda oʻrnatilgan mavjud jami 86ta baza stansiyalarining 84tasi (98 foiz) faol holatda ishga tushirildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ