| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi396 marta oʻqildi

Sardobadagi suv toshqinida ikki nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan

1 may kuni Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida toshqin yuzaga kelgan. Tezkor guruhi tarkibi evakuatsiya qutqaruv ishlariga jalb qilingan

Sardobadagi suv toshqinida ikki nafar Milliy gvardiya xodimi oqib ketgan

1 may kuni Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Xusniddin Suyarov tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok boʻldi. Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ