| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi11 250 marta oʻqildi

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi natijasida Qoʻrgʻontepa aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda

2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi

Mazkur vaziyat boʻyicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoʻrgʻontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, suv bosishi xavfi mavjud boʻlgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Vaziyat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ