Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining ish haqi 2,5 barobarga oshirildi
Oʻzbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.

Oʻzbekiston tibbiyot xodimlarining bugungi kunda koronavirusga qarshi olib borayotgan mashaqqatli va oʻta masʼuliyatli mehnatini munosib qadrlash va ragʻbatlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir muhim qarorni imzoladi. Bu haqda 29 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

Qarorga koʻra, sanitariya-epidemiologiya xizmatining qariyb 11 mingga yaqin barcha toifadagi tibbiyot xodimlarining ish haqi 2,5 baravarga oshirildi.
«Umuman, karantin qoidalarini oʻz vaqtida joriy etganimiz va xalqimiz unga sabr-toqat bilan amal qilayotgani tufayli koʻplab tuman va shaharlarda infeksiya tarqalishiga yoʻl qoʻymadik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

