| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi

Samarqandda Turkiyaning Bosh konsulxonasi ochiladi

Turkiya bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

Samarqandda Turkiyaning Bosh konsulxonasi ochiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi hamda Turkiya bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash, jumladan, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam koʻrsatadi.

Qarorga koʻra, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Turkiya Hukumatining texnik koʻmagi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlari jalb qilinadi:

  • sogʻliqni saqlash infratuzilmasi obʼyektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish;

  • seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish;

  • yoʻllar va yoʻl boʻyi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga koʻmaklashish;

  • “elektron hukumat” sohasida Turkiyaning eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish.

2020 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ