Sahro chigirtkasi mamlakatimiz hududiga qancha zarar yetkazdi?
Ayni vaqtda zararli chigirtkalarni 403,3 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 382 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazilgan.

2020 yilda respublika boʻyicha zararli chigirtkalarni 597,9 ming gektarda tarqalishi va kimyoviy ishlov oʻtkazilishi bashorat qilingan. Bu boradagi kurash tadbirlari boʻyicha dasturlar ishlab chiqilib, joylarga yetkazilgan, deb xabar bermoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etish kerakki, yurtimizning har bir viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlari mavjud. Kurash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun 152 ta traktor OVX purkagichlari, 301 ta motorli qoʻl purkagichlari, 35 ta avtomashinaga oʻrnatilgan UMO purkagichlari, 7 ta motodeltaplan, 1 ta gaz-66-01 oʻrnatilgan FM-40 purkagichi, 2 ta tritsiklga oʻrnatilgan shlangli purkagich, 55 ta vodovoz va 653 nafar ishchi jalb etilgan.
Ayni vaqtda zararli chigirtkalarni 403,3 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 382 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi, jumladan, Qashqadaryo viloyatida 94 ming gektarda, Surxondaryoda 84 ming gektar, Jizzaxda 88 ming gektar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 30 ming gektarda, Samarqandda 21 ming gektar, Toshkentda 19 ming gektar, Navoiyda 22 ming gektar, Buxoroda 11 ming gektar, Fargʻonada 3 ming gektar, Sirdaryoda 5.4 gektar, Andijonda 2.4 gektar, Namangan viloyatida 2.8 gektar va xorazm viloyatida 2 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi.
Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsak, hozirda Afrika va Markaziy Osiyo davlatlarida sahro chigirtkasi yoppasiga koʻpayib, 15 million gektar maydonda koʻchib yuribdi. Afgʻoniston, Eron, Sudan, Efiopiya, Misr davlatlariga sahro chigirtkalari keltirgan zarar 500 million dollardan oshib ketdi.

FVV Oʻzbekistonga kirib kelgan zararli chigirtkalar qarshi kurashyapti
Chigirtkalar barcha qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararlaydi: arpa, bugʻdoy, oq joʻxori, tariq, makkajoʻxori, tamaki, beda, gʻoʻza va poliz ekinlariga ayniqsa katta zarar yetkazadi. Yoppasiga koʻpaygan yillarda tok va mevali daraxtlarning barglari bilan ham oziqlanadi. Ushbu zararli hasharotlar Oʻzbekiston hududida qadim zamonlardan buyon mavjud. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan asrning birinchi yarmida koʻplab ocharchiliklarga sabab boʻlgan.
Demak, ular keltiradigan iqtisodiy zarar juda yirik boʻlishi mumkin. Misol uchun, 1982 yilda yurtimizda Marokash chigirtkasi yoppasiga koʻpayish oqibatida 40 ming gektar paxta, 30 ming gektar gʻalla va 10 ming gektar maydonidagi tomorqa ekinlari nobud boʻlgan. 2009 yilda esa qoʻshni davlatlardan marokash chigirtkasining yoppasiga uchib oʻtishi oqibatida birgina Muzrobot tumanida 2000 gektar maydondagi paxta hosili barbod boʻlgan.
Ayni vaqtda yurtimizda 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan boʻlib, toʻda hosil qilib yashovchi Marokash, Osiyo va voha chigirtkalari shular sirasidandir. Shu kunlarda yurtimizda marokash chigirtkasi keng tarqalgani hisobga olinib, kimyoviy kurash olib borilayotgan maydonlarda asosiy eʼtibor marokash chigirtkasiga qaratilmoqda. Bu turdagi chigirtkalar keng tarqalgan tarixiy maydonlarning aksariyat qismi davlatlararo transchegaraviy hududlarga toʻgʻri keladi. Koʻpayish maydonlari togʻ va togʻ oldi yaylovlariga toʻgʻri keladigan marokash chigirtkasi shu kunlarda qanot chiqarib, urichiy boshladi. Tabiiy nobud boʻlish davrini esa 20-25 kundan soʻng kuzatish mumkin.
Bu oilaga mansub qizil sahro chigirtkalari ham xavfli boʻlib, ular juda yirikligi bilan ajralib turadi. Xususan, kattaligi 7 santimetr boʻlgan bu hasharotlar shamol yordamida 2-6 ming kilometr masofagacha bemalol uchib oʻta oladi. Bular uchib uzoq hududlarga, mamlakatdan mamlakatga koʻchib oʻtishi uchun qanot chiqarib, voyaga yetishi kerak. Bunga esa chigirtkalarga qarshi kurash xizmati aslo yoʻl bermaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

