Rossiyadagi mehnat migrantlari patent olishi 16 iyundan talab etilmoqda
Pandemiya tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy boʻlishi huquqini beruvchi patentlarning amal qilish muddatini 15 iyunga qadar belgilagan edi. 16 iyundan migrantlarning patentsiz yurishi mumkin emas.

Pandemiya xavfi tufayli Rossiya hukumati mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy boʻlishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, jumladan, patentlarning amal qilish muddatini 2020 yil 15 iyungacha uzaytirgan edi.
Shu bois bugundan, yaʼni 16 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent rasmiylashtirish zarur boʻladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmatining xabar qilmoqda.
Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha boʻlish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida roʻyxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyarigacha tugashi koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;
Rossiya Federatsiyasidan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

