Rossiyada ogʻir vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga moddiy yordam beriladi
Moddiy yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablagʻini toʻlab berish shaklida amalga oshiriladi.

2020 yil 14 maydan boshlab Rossiyada COVID-19 virusi pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin va cheklov choralari tufayli ogʻir vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga bir marta beriladigan moddiy yordam berishni boshlaydi.
Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari Elchixona ochgan xayriya hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan beriladigan moddiy yordam:
Nogironlar – tegishli tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilgan taqdirda;
Qaramogʻida 2 yoshgacha farzandi boʻlgan hamda homilasi 7 oylikdan oshgan ayollar – zarur tasdiqlovchi hujjatlar (bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, tibbiyot muassasidan maʼlumotnoma) taqdim etgilgan holda;
COVID-19 virusi tasdiqlangan shaxslar – tegishli tasdiqlovchi hujjat asosida;
Rossiya oliy oʻquv yurtlari kunduzgi boʻlimlarida tahsil olayotgan talabalar – oʻqish joyidan tegishli maʼlumotnoma asnosida.
Mazkur yordam Rossiyada belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda bir martalik pul mablagʻini toʻlab berish shaklida amalga oshiriladi.
Moliyaviy yordamni olish uchun Elchixona tomonidan maxsus ishga tushirilgan oʻzbek va rus tillaridagi «Mehr» portali orqali murojaat yuborish lozim.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

