| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi292 marta oʻqildi

Respublika maxsus komissiyasi: 8 maydan karantin cheklovlari bosqichma bosqich bekor qilinadi

Karantin cheklovlari 8 maydan boshlab uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasi: 8 maydan karantin cheklovlari bosqichma bosqich bekor qilinadi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yigʻilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Birinchi — "qizil" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

  • Andijon,

  • Namangan,

  • Fargʻona,

  • Samarqand,

  • Toshkent,

  • Buxoro va

  • Sirdaryo viloyatlari.

Bunda "qizil" hududda mavjud karantin cheklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta koʻrib chiqiladi.

"Qizil" hududlarda quyidagi faoliyat turlariga RUXSAT BERILADI:

  • oziq-ovqat savdo doʻkonlari, nooziq-ovqat mahsulotlari ulgurji savdo doʻkonlari, qurilish materiallari bozorlari, tikuvchilik va bichuvchilik sexlari, tijorat banklarining obʼyektlardagi shahobchalari (kassalari), kimyoviy tozalash, notarial idoralar, advokatura va sugʻurta tashkilotlari, poyabzal taʼmirlash ustaxonalari, chorvachilik, terini qayta ishlash korxonalari, tezkor ovqat tayyorlash nuqtalari (yetkazib berish va olib ketish uchun), tibbiyot muassasalari faoliyati;

  • qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻish, joylarga yetkazish va sotish, urugʻ va koʻchat yetishtirish hamda ularni sotish, avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish, hunarmand va ustalar, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (doʻkon) sotish;

  • obʼyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, yakka tartibdagi qurilish va taʼmirlash ishlari, yetkazib berish xizmati;

  • koʻp qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani saqlagan va niqob taqqan holda sayr qilish.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ