Respublika maxsus komissiya axboroti: Amaldagi karantin talablari 1 iyunga qadar uzaytirildi
Baʼzi joylarda berilgan erkinlikni notoʻgʻri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz koʻchalarni toʻldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi sababli hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshdi. Bu esa amaldagi karantin talablarini uzaytirdi.

Joriy yilning 13 may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini yumshatishni bosqichma-bosqich davom ettirish orqali iqtisodiy faollikni tiklash hamda aholining ishlashi va daromad olishini taʼminlash boʻyicha muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.
Xususan, “yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda xizmat koʻrsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi qayd etildi.
Shu bilan bir qatorda videoselektor yigʻilishda baʼzi joylarda berilgan erkinlikni notoʻgʻri tushunib, aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz koʻchalarni toʻldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi koʻrsatib oʻtildi. Bunday holatlar hamda oxirgi kunlarda infeksiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani hammani hushyor boʻlishga chaqiradi.
Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

