| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi118 marta oʻqildi

Respublika hududlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turini yetishtirish uchun Jizzax viloyati tanlandi

Suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Respublika hududlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turini yetishtirish uchun Jizzax viloyati tanlandi

“Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, respublika hududlari bosqichma-bosqich qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlarda yer ajratiladi

Mazkur ishlarini samarali tashkil etish maqsadida eksperiment tariqasida 2020-2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qoʻshimcha yer maydonlari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 1 yanvarga qadar belgilangan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ