| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 851 marta oʻqildi

MOMIH mamlakatlarining rivojlanishi yagona energetika bozorini yaratish bilan bogʻliq

14 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) Dasturining 18-chi vazirlar konferensiyasining ochilishi boʻlib oʻtdi.

MOMIH mamlakatlarining rivojlanishi yagona energetika bozorini yaratish bilan bogʻliq

14 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) Dasturining 18-chi vazirlar konferensiyasining ochilishi boʻlib oʻtdi.

Marosimning tantanali ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Huqumati aʼzolari, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti T.Nakao, iqtisodiyot, investitsiyalar va savdo sohalarida 11-ta mamlakatlarning yuqori martabali vakillari, xalqaro moliya institutlari, xalqaro xamkorlik tashkilotlari vakillari va diplomatik vakolatxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Konferensiya mavzusi “Yangi MIMIH – mintaqaviy hamkorlik doirasini kengaytirish”.

Ushbu tadbir konferensiya ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik murojaatini yetkazish bilan ochildi. Murojaatda Osiyo taraqqiyot banki rahbariyatiga va barcha ishtirokchilarga tadbirni tashkil etishdagi birgalikda xarakatlar uchun alohida minnatdorchilik bildirilib, kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish va kelishish ishlarida samarali faoliyat tilab oʻtildi.

OTB Prezidenti T.Nakao MOMIH Dasturi konferensiyasi tashkilotchisi va tashabbuskori nomidan qilgan chiqishida Oʻzbekiston tomonidan tadbirni yuqori darajada tashkil qilinganini taʼkidlab oʻtib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, u oʻz maʼruzasida Osiyo taraqqiyot bankining mintaqadagi strategik hamkorlari qatorida boʻlgan Oʻzbeksitonning iqtisodiy oʻzgarish jarayonlariga yuqori baho berib, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatda yuzaga kelgan qulay sharoit doirasida ikki tomonlama oʻzaro munosabatlarni yanada kengaytirilishiga umid bildirdi. “Biz, Oʻzbekiston va MOMIH ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy farovonlik davriga oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan, oʻzaro ishonch va hamkorlikni mastahkamlashga tarafdorlik tamoillari asosida shakllanayotgan birgalikdagi xarakatlarni olqishlaymiz”, deb taʼkidladi T.Nakao.

Konferensiyaga raislik qiluvchi – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov MOMIH Dasturining mintaqaviy tashabbuslarni amalga oshirish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni har tomonloma muhokama qilish hamda investitsiya, energetika, transport va savdo sohalarida oʻzaro munosobatlarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun aʼzo-mamlakatlarning birgalikdagi xarakatlar strategiyasini shakillantirish uchun platformasi sifatida muhim rolini taʼqidlab oʻtdi.

Shuningndek press-konferensiya davomida aʼzo mamlakatlar va xalqaro hamkorlar tomonidan MOMIH Dasturi chora-tadbirlarini amalga oshirishda erishilgan natijalar, shu jumladan energetika va transport sohasida ishlab chiqilgan strategiyalarni koʻrib chiqishga bagʻishlangan panel sessiyalari oʻtkaziladi hamda barqaror rivojlanishning qator ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha mintaqaviy xamkorlikning dolzarb masalalari muxokama qilinadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Matbuot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ