| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi54 marta oʻqildi

Raqamli markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekistonga olib kirish taqiqlanadi

1 dekabrgacha “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (“Asl belgisi” MAT) joriy qilinadi.

Raqamli markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekistonga olib kirish taqiqlanadi

Hukumat qaroriga koʻra, ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

2021 yil 1 martdan raqamli markirovka qilinmagan alkogol va tamaki mahsulotlarini Oʻzbekiston hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga beriladi

Raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan keyin Oʻzbekiston hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi.

2020 yil 1 dekabrgacha “Asl belgisi” mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi (“Asl belgisi” MAT) joriy qilinadi.

Identifikatsiya vositalari yordamida raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashni avtomatlashtirish “Asl belgisi” MATning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Quyida – 2021-2022 yillarda identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar roʻyxati.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ