| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi

Import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi

Qishloq xoʻjaligi texnikalari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi

“Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • import qilinadigan hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari hamda ularning agregatlari va butlovchi qismlari majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi;

  • ushbu teknika, agregat, butlovchi qismlar takomillashtirilganda hamda ularga qoʻshimcha funksiyalarni bajarish yuklatilganda takroriy sinovlarga taqdim etiladi;

  • Oʻzbekiston hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilgan qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalaridan respublikada ekinlarni yetishtirishda foydalanishga ruxsat etiladi;

  • qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarining agregatlari va butlovchi qismlari uchun muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan sinov uskunalari va oʻlchash vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi.

Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalari hamda texnologiyalarini sinash va sertifikatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ