| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat3 daqiqada oʻqiladi1 499 marta oʻqildi

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin.

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Koronavirus aniqlangan Uxan shahrida suratga olingan barcha foto va videolarda epidemiyaning birinchi kunlaridanoq odamlar ommaviy tartibda himoya maskalarida yurganini koʻrgan edik. Sputnik Oʻzbekiston ayni vaqtdagi vaziyatda qanday maskalar viruslardan yaxshi himoya qilishi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorladi.

Tibbiyot maskalari

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin. Eʼtibor bering faqat “cheklashi mumkin” deyilgan, “toʻliq himoya qiladi”, deyilmagan. Shaxsiy havo tozlash vositasini tanlaganda ularning turi va klassiga eʼtibor berish kerak.

Оддий тиббиёт маскаси

Tibbiyot mutaxassilari aytishiga qaraganda eng oddiy toʻrtburchak tibbiyot maskalarining himoya darajasi unchalik katta emas.

- Maska har bir virusni ushlab qola olmaydi, lekin yuzga taqilgan maska mayda suv, soʻlak va changdan himoya qilish mumkin. Aslida viruslar ham havoda alohida uchib yura olmaydi, aksariyat hollarda ular soʻlak yoki chang bilan birga “sayohat qiladi”, - deydi virusolog Aleksandr Lukashev.

Eng oddiy toʻrtburchak maskalarning kamchillik tomoni shunda-ki, ular odam yuziga yaxshi yopishib turmaydi, boʻshliqlar koʻp boʻladi. Ikkinchidan ularning himoya qilish muddati juda qisqa, yaʼni 2 soatni tashkil qiladi. Shu muddatdan soʻng ularni yechish kerak.

Anatomik himoya maskalari

Ular inson yuzi profilishi takrorlash xususiyatiga ega boʻlib, jagʻ va burun shaklini toʻliq takrorlaydi va ochiq hududlar qoldirmaydi. Shuningdek, anatomik himoya maskalari koʻproq vaqt davomida foydalanish mumkin. Anatomik maskalar oddiy maskaga nisbatan 20-30 % samaraliroq hisoblanadi.

Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq ilk holat aniqlandi

Respiratorlar

Respiratorlar bir necha qavatli qalin va maxsus materiallardan ishlab chiqariladi. Ehtiyoj boʻlmaganda ularni taqish tavsiya etilmaydi, chunki ular respirator orqali nafas olish oson emas, kishining yuzi terlashi, baʼzan havo yetishmasligini his qilish mumkin. Koʻnikish talab qilinadi. Respiratorlardan odatda qurilish sohasida chang, sement, steklovata, kraska va turli gazlardan himoya maqsadida foydalaniladi. Respitartorlar xalqaro standart boʻyicha 3 guruhga boʻlinadi. Shuningdek, respiratorlar klapanli va klapansiz boʻladi.

Респираторы класса FFP1

FFP1 (yoki N95) - 80 % himoya

Bu yirik chang va sement va boshqa jismlardan himoya qilishga qodir. FFP1 guruhi - havo ifloslanish darajasi 4 PDK (GOST - predelno dopustimaya konsentratsiya) gacha boʻlgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni tozalash samaralilik darajasi – 80 %ni tashkil qiladi.

FFP2 guruh - 94 % himoya

FFP2 guruhi kichik chang zarrachalari, kichik aerozol tomchilari, koʻmir changi, elektrosvarka zararli moddalarini ushlab qoladi. Rossiya GOSTi boʻyicha 12 PDKgacha boʻlgan ifloslanish darajasidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi 94 %ni tashkil qiladi.

Респираторы класса FFP2

FFP3 guruhi - 99 % himoya

Ushbu guruh respiratori toksik chang, asbest, radioaktiv chang, bakteriya va viruslar hamda mogʻor urugʻlarini ushlab qolishga qodir. Rossiya GOSTi boʻyicha 30 PDKgacha boʻlgan ifloslanishidan himoya qilishga qodir. Havoni umumiy tozalash samaraliligi 99 %ni tashkil qiladi.

Респиратор класса FFP3

Necha soat taqish mumkin?

Havo iflosligi va foydalanish sharoitiga qarab maskalardan 2 soatdan 8 soatgacha foydalanish mumkin. Eng oddiy maskalar har 2 soatda almashtirilishi kerak. Klapanli maskalar foydalanish davomiyligini uzaytiradi, chunki klapan odam ichidan chiqayotgan nam havoni tez tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Buning natijasida maska uzoq vaqt quruq turadi va havoni filtrlash xususiyati yuqori darajada saqlanib qoladi.

Koʻpchillik nam doka changni yaxshi ushlab qolishini biladi, lekin maska xususida bunday qoida amal qilmaydi. Chunki maskalar chang zarrachalarini mexanik uslubda (toʻr sifatida) emas balkim elektrostatik uslubida ushlab qoladi. Yaʼni chang zarrachalari maxsus membranaga yopishib qoladi. Membrana namlanishi esa uning samaradorligini kamaytiradi.

Maskadan qachon va qayerda foydalanish kerak?

Ochiq havoda, atrofda odam kam boʻlsa maskadan foydanish shart emas, virusning oʻzi bunday vaziyatda tez qurbon boʻladi. Bunday vaziyatda maska nafas olishni qiyinlashtiradi xolos.

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi

Xona ichida va yaqin 1-2 metr masofada gripp va boshqa yuqumli kasalliklar bilan kasallangan, yoʻtalayotgan odamlar bor joyda maskadan foydalanish kerak.

Ha aytmoqchi, bunday respiratorlar aptekada emas, qurilish mollari doʻkonlarida sotiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ