Prezident Xalq qabulxonalari: sirdaryoliklarning hech bir muammosi oʻz yechimini topay qolmaydi
Toshqin oqibatidan jabr chekkan insonlar muammolarini oʻrganish asnosida Xalq qabulxonalariga 1,1 mingdan ziyod murojaat qabul qilingan. Mazkur murojaatlarda koʻtarilgan masalalarning 89 foizi joyida hal qilingan.

Bugun Sirdaryoda yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishda Xalq qabulxonalari ham munosib ishtirok etmoqda. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Xalq qabulxonalari sektorlar rahbarlari hamkorligida “Saxovat karvon”lari Sirdaryo viloyatiga muntazam joʻnatilmoqda. Suv toshqinidan zarar koʻrgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisi uchun shu kunga qadar jami 1 milliard soʻmdan ziyod 38 turdagi kundalik hayot uchun zarur mahsulotlar olib kelinib, ehtiyojmand oilalarga yetkazildi. Bular asosan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-boshlar, roʻzgʻor buyumlari, gigiyena vositalari va boshqa buyumlardan iboratdir.
Xalq qabulxonalari masʼullari maxsus ishchi guruhlar tashkil etib, Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida uyma-uy yurib, “Qoʻrgʻontepa”, “Ahillik”, “Qoʻrgʻontepa”, “Doʻstlik”, “Yurtdosh”, “Saxovat” kabi oʻnlab fuqarolar yigʻinlaridagi 3,5 mingdan ziyod oilalarning holatini oʻrgandi. Natijada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – boquvchisini yoʻqotgan ayollar, yakka-yolgʻiz keksalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali, koʻp farzandli oilalar roʻyxati shakllantirib, ularning eng birlamchi hayotiy muammolarini hal qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarning aksari oʻz yechimini topmoqda
Shu bilan birga vaqtinchalik koʻchirilgan aholi holidan ham muntazam ravishda xabar olinyapti. Jumladan, Xalq qabulxonalari hodimlari Guliston shahri “Boʻston”, Mirzaobod tumani “Navroʻz” maxallalarida singari tashkil etilgan qator ijtimoiy markazlardagi oilalarga kunlik ehtiyojlari uchun nima zarur boʻlsa, barcha kerakli yordamni oʻz vaqtida koʻrsatyaptilar.
Toshqin oqibatidan jabr chekkan insonlar muammolarini oʻrganish asnosida Xalq qabulxonalariga 1,1 mingdan ziyod murojaat qabul qilingan. Mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur murojaatlarda koʻtarilgan masalalarning 89 foizi joyida hal qilingan. Xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlash, toshqin natijasida yoʻqotilgan hujjatlarni tiklash, zararni qoplash uchun kompensatsiya mablagʻlarini belgilash va undirish, kredit taʼtillari berish, qoʻshimcha imoratlarni tiklash, bandlikni taʼminlash kabi qator masalalar shular jumlasidandir.
Bu bordagi ishlar izchil davom etmoqda. Sirdaryoliklarning hech bir muammosi oʻz yechimini topay qolmaydi.
Fotogalereya 11
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi












