Poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi
Poyezdlar qatnoviga ruxsat berish bilan bir qatorda avtotransport vositalarida yolgʻiz harakatlanayotgan haydovchiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ham ruxsat berildi. Quyida qaysi hududlar bilan poyezlar qatnoviga ruxsat berilgani keltirilgan.

Fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar oʻrtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda quyidagi poyezdlar qatnovi tiklanishiga ruxsat berildi:
Toshkent - Buxoro - Toshkent;
Toshkent - Termiz - Toshkent;
Toshkent - Xiva - Toshkent;
Toshkent - Nukus - Toshkent;
Andijon - Xiva - Andijon;
Andijon - Buxoro - Andijon;
Andijon - Termiz - Andijon.
Bunda, Transport vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.

Oʻzbekistonga xorijdan kelgan shaxslar karantinga olinmaydi
Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha sanitariya-epidemiologik talablarga qatʼiy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yoʻlga qoʻyilishiga ruxsat berildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda avtotransport vositalarida yolgʻiz harakatlanayotgan haydovchiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ruxsat berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

