| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi162 marta oʻqildi

Pensiya yoshi uzaytiriladimi? Ushbu mavzu yuzasidan Moliya vaziri izoh berdi

Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov oʻzining Twitterʼdagi sahifasida pensiya yoshi uzaytirilishi yuzasidan tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh qoldirdi.

Pensiya yoshi uzaytiriladimi? Ushbu mavzu yuzasidan Moliya vaziri izoh berdi

Oʻzbekistonda ayni paytda pensiya yoshini uzaytirish koʻzda tutilmagan. Bu haqda Moliya Vaziri Jamshid Qoʻchqorov oʻzining Twitterʼdagi sahifasida munosabat bildirdi.

"Soʻnggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda Oʻzbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo boʻlmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan oʻqidim. Oʻylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish koʻzda tutilmagan. Ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil maʼlumot beriladi", deyiladi munosabatda.

Eslatib oʻtamiz, “pensiya yoshi uzaytirilishi mumkin”, degan maʼlumotlar pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonidagi muhokamalardan keyin boshlangan edi. Ushbu konsepsiya Moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020 yil 1 aprelga qadar yakunlanishi belgilangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ